Kim Chen In Shimoliy Koreya salomatlik sektorini tanqid qildi

© REUTERS / KCNALider KNDR Kim Chen In
Lider KNDR Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Kim Chen In Pxonan-Pukto provinsiyasidagi Moxansan tibbiy uskunalar ishlab chiqarish bo‘yicha zavodni borib ko‘rgan va "u yerdagi yomon ahvoldan g‘oyatda ranjigan"

TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen II tibbiy uskunalar ishlab chiqaruvchi zavodlarning biriga borgach, KXDRdagi salomatlik sektorini tanqid ostiga oldi, deb xabar qildi seshanba kuni Koreya Markaziy telegraf agentligi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Kim Chen In Pxonan-Pukto provinsiyasntlik ma’lumotlariga kidagi Moxansan tibbiy uskunalar ishlab chiqarish zavodini borib ko‘rgan va "u yerdagi yomon ahvoldan g‘oyatda ranjigan".

Lideri KNDR i Yujnoy Korei Kim Chen In i Mun Chje In - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreya rahbari Kim Chen Inga ichida yangi iqtisodiyot loyihasi bo‘lgan fleshkani topshirdi

"So‘nggi yillarda boshqa sektorlarda sezilarli yuksalishlar ro‘y berdi, ammo jamoatchilik sog‘liqni saqlash sektorida ular hech qachon bo‘lmagan, bu sektor borgan sari passivlashib bormoqda. Bu sektorning g‘ururlanadigan jihati yo‘q... Hatto ishlab-chiqarish muhiti darajasini ushlab turadigan korxona mavjud emas, uskunalarni modernizatsiya qilish haqida-ku gapirmasak ham bo‘laveradi", - deb aytgan Kim Chen In.

Shimoliy Koreya yetakchisi hukumat va xalq organlarini "jamoatchilik sog‘liqni saqlash sektorining material-texnik bazasini kuchaytirish bo‘yicha o‘z rollarini yuksak mas’uliyat bilan bajarishga chaqirgan".

Yangiliklar lentasi
0