O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Tailand ustidan g‘alaba qozondi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaOlimpiyskaya sbornaya Uzbekistana na Aziatskix igrax
Olimpiyskaya sbornaya Uzbekistana na Aziatskix igrax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Tailand ustidan 1:0 hisolbda g‘alaba qozonib guruhdan 100 %lik natija bilan 1/8 finalga chiqdi.

TOShKENT, 20 avg – Sputnik. Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Tailand ustidan g‘alaba qozondi, deb xabar qilmoqda UFA matbuot xizmati.

“O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlari guruh bosqichidagi ishtirokini yakunladi. So‘nggi turda vakillarimiz Tailandga qarshi maydonga tushib,  1:0 hisobida g‘alaba qozondi”, - deyilgan xabarda.

Uchrashuvdagi yagona golni terma jamoa sardori Zabihullo O‘rinboyev 17-daqiqada kiritdi. O‘rinboyev Aliboyev tomonidan yetkazib berilgan uzatmani boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Gol s protivopolojnogo konsa polya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston darvozaboni ajoyib gol urdi

Shu tariqa Ravshan Haydarov shogirdlari guruhdagi har uchta o‘yinda g‘alaba qozonib, 100 foizlik natija qayd etishdi. Musobaqaning 1/8 final o‘yini 23-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Vakillarimiz "A", "S" yoki "D" guruhidagi uchinchi o‘rinni egallagan terma jamoa bilan bahs olib boradi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi: Botirali Ergashev, Rustamjon Ashurmatov, Hojiakbar Alijonov, Akramjon Komilov (Abbos Otaxonov, 54), Jaloliddin Masharipov, Odiljon Xamrobekov, Zabihillo O‘rinboyev, Javohir Sidiqov (Xurshid G‘iyosov, 82), Ikromjon Aliboyev, Azizbek Turg‘unboyev (Doston Hamdamov, 59), Dostonbek Tursunov.

Yangiliklar lentasi
0