TOShKENT, 20 avg – Sputnik. O‘zbekiston havo yo‘llarining Moskvadan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan samolyoti, texnik nosozlik tufayli Domodedovo aeroportida da 10 soatdan beri ushlanib qolmoqda, - deb xabar qildi Domodedovo aeroporti ma’muriyati Sputnik muxbiriga.
"O‘zbekiston havo yo‘llarining Moskva – Toshkent yo‘nalishida 19-avgust soat 22:45da amalga oshirilishi kerak bo‘lgan HY-602 sonli parvozi, texnik nosozlik tufayli 20-avgust 13:00 ga qadar kechiktirildi", - deyilgan xabarda.
"PortaL" nashri xabarida aytilishiga ko‘ra, uchuvchilar samolyot elektronikasinini yoqisha olmagan. Shuningdek, aviakompaniya yosh bolali yo‘lovchilarga biznes-klass kutish zalidan joy bergan.