“Yallama” posti orqali o‘tkazilayotgan yuk avtomobillari soni oshdi

© Sputnik / Viktor Tolochko / Mediabankka o‘tishFuri na granitse
Furi na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Yallama- B.Konisbayev" postida tirbandlik kamaydi, O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara xizmatlari sutkasiga kamida 130ta yuk avtomobillari o‘tkazishga kelishib olishdi.

TOShKENT, 20 avg – Sputnik. 18-avgust kuni Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining «Yallama» chegara-bojxona postida Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.Azimov va Qozog‘iston Davlat daromadlari qo‘mitasi raisi A.Tengebayev o‘rtasida ishchi uchrashuv tashkil qilindi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Passajiri poyezda Moskva-Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Yo‘lovchi poyezdlarda olib kelinayotgan kontrabanda tovarlar

Uchrashuvda asosiy e’tibor so‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonning “Yallama” chegara-bojxona postiga tutash joylashgan Qozog‘istonning “B.Konisbayev” chegara-bojxona postida kuzatilayotgan yuk avtomashinalarining tirbandligi sabablarini o‘rganish va bartaraf etishga qaratildi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu tirbandlikka ikki mamlakat orasida transport qatnovining o‘tgan yilga nisbatan 65 % ga oshishi sabab bo‘lgan.

Uchrashuv yakunida ikkala tomon sutkasiga eng kamida 130 tada yuk avtomobillari o‘tkazishga kelishib olishdi. Bu har bir avtotransportni tekshirish vaqti - 10 daqiqa degani.

Undan tashqari tomonlar ikkala tomonda ham navbat kutayotgan avtomobillar sonini onlayn nazorat qilib borishga kelishib olishdi.

Muratjon Azimov - Predsedatel GTK - Sputnik O‘zbekiston
Tadbirkorlarga qanday qulayliklar joriy etildi – bojxona qo‘mitasi raisi javobi

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Davlat Daromadlari qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ushbu chegara punktida 1-7 avgust kunlari Qozog‘iston tomonida 315 ta yuk avtomobillaridan iborat tirbandlik hosil bo‘lgan. Ikki tomon kelishuvidan so‘ng, chegarada navbat kutib turgan yuk avtomobillari soni qisqarib, ayni damda 60ta avtomobilni tashkil qilmoqda. 

O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro kelishuviga asosan 2018-2019 yilllarda ikki mamlakat orasidagi "xalqaro" maqomga ega bo‘lgan va ish hajmi keng bo‘lgan “Yallama”, “G‘ishtko‘prik”, “Navoiy” va “S.Najimov” chegara-bojxona postlarida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

Xususan ushbu postlarda katta hajmdagi rentgen-skaner apparatlari, radiatsion-nazorat tizimlari bilan jihozlash, videokuzatuv tizimini yanada yaxshilash, avtotransport vositalarining davlat raqamlarini aniqlash va yuk tashuvchi transportlarning og‘irligini aniqlaydigan jihozlarni o‘rnatish nazarda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0