Tolibon Qurbon bayram arafasida yuzlab asirlarni ozodlikka chiqaradi

© AP/ str/Haider ShahPredstaviteli dvijeniya Taliban
Predstaviteli dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tolibon Qurbon bayram arafasida, ular ham bayram baxtini o‘z oilalari va do‘stlari bilan baham ko‘rishi uchun, yuzlab asirlarni ozodlikka chiqarishini e’lon qildi.

TOShKENT, 20 avg – Sputnik. Tolibon harakati Qurbon bayram arafasida yuzlab asirlarni ozodlikka chiqaradi, deb xabar qilmoqda Afg‘onistonning TOLO News telekanali.

Biroz oldin Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Qurbon-hayit bayrami to‘fayli Tolibonga uch oylik tinchlik e’lon qilishini xabar qilgan edi.

Generalni sekretar OON Antoniu Guterresh - Sputnik O‘zbekiston
Guterresh zudlik bilan Afg‘onistonda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

Tolibon hukumatning ushbu tashabbusiga javob bermagan bo‘lsada, Qurbon bayram arafasida “Ular ham Qurbon-bayrami baxtini o‘z oilalari va do‘stlari bilan baham ko‘rishi uchun” yuzlab asirlarni ozodlikka chiqarishini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, ikki oy oldin Afg‘oniston hukumati Ro‘za-hayit munosabati bilan 11 - 19-iyun kunlari tinchlik e’lon qilgan edi. Bunga javoban Tolibon ham uch kunlik tinchlik e’lon qilgan edi. Ushbu muddatlar tugaganidan keyin, ikkala tomon ham qurolli to‘qnashuvlarni yana davom etirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0