O‘zbekiston maktablarida o‘qish 5-sentabrdan boshlanadi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishNachalo uchebnogo goda v Moskve
Nachalo uchebnogo goda v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mustaqillik bayrami munosabati bilan yurtimiz aholisiga 31-avgustdan 4-sentabrgacha dam olish kunlari etib belgilangan

TOShKENT, 20 avg - Sputnik. O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri O‘zbekistonda umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili 5-sentabrdan boshlanishini e’lon qildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Posetitelnitsa izuchayet katalog proizvoditeley shkolnoy formi - Sputnik O‘zbekiston
Maktab formasini qayerdan sotib olish mumkin?

"Prezidentimiz Farmonlariga binoan Mustaqillik bayrami munosabati bilan yurtimiz aholisiga 31-avgustdan 4-sentabrgacha dam olish kunlari etib belgilangan. Maktab o‘qituvchilarimiz ham ushbu dam olish imkoniyatidan to‘laqonli foydalanishlari uchun yangi o‘quv yili 5-sentabrdan boshlanadi", - deyiladi xabarda.

Shermatovning ta’kidiga ko‘ra, bu borada ichki turizm imkoniyatlaridan oilaviy foydalanishni reja qilgan, lekin farzandi o‘qishga chiqishi munosabati bilan ikkilanib turgan ota-onalarga ham qo‘shimcha imkoniyat yaratildi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq 2018-2019 o‘quv yili avgust oyidan boshlanar ekan, degan mish-mishlar tarqalgan, ammo Xalq ta’limi vazirligi bu xabarlarni inkor etib, o‘qishning birinchi kuni o‘zgarishsiz qolgani, ta’lim maskanlarida o‘qish har an’anaviy tarzda - 2-sentabrda boshlanishini e’lon qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0