Avgust oxirida internetga ulanishda muammolar bo‘lishi mumkin - Uzonline

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishSotrudnik v ofise
Sotrudnik v ofise - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 19-avgustdan 30-avgustga qadar tungi vaqtda keng polosali internetga ulanishda muammolar bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 20 avg - Sputnik. Mahalliy internet-provayder Uzonline internetga ulanishda muammolar bo‘lishi mumkinligi haqida o‘z mijozlarini ogohlantirdi.

“2018 yilning 19-avgustidan 30-avgustiga qadar “O‘zbektelekom” AJ tarmog‘ida rejalashtirilayotgan profilaktika ishlari tufayli tungi vaqtda keng polosali internet xizmatlari sifati pasayishi kuzatilishi mumkin”, - deyilgan xabarda.

Ushbu munosabat bilan bir qator, internet aloqasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xizmatlar, jumladan Uzcard ham o‘z mijozlarini terminallar orqali to‘lovlar amalga oshirish vaqti muammolar yuz berishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Yangiliklar lentasi
0