O‘zbekiston Ispaniya va Koreyadan yangi tezurar poyezdlar sotib oladi

Obuna bo‘lish
Yangi tezurar poyezdlar "Toshkent – Buxoro – Xiva" yo‘nalishida qatnay boshlaydi.

TOShKENT, 19 avg - Sputnik. "O‘zbekiston temir yullari" Ispaniyaning Talgo va Koreyaning Hyundai kompaniyalari bilan yangi tezurar poyezdlar sotib olishni muhokama qilmoqda, deb xabar qildi Podrobno.uz.

"Yangi tezurar poyezdlar "Toshkent – Buxoro – Xiva" yo‘nalishida qatnay boshlaydi", - deyilgan xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil Urganch – Xiva yo‘nalishida, umumiy qiymati 36 million dollar bo‘lgan temiryo‘l qurilish va elektrlashtirish ishlari to‘liq yakunlangan edi. Bugungi kunda  “Xiva” temiryo‘l vokzali hamda uch mehmonxona va “Xiva Lokomotiv” bog‘i qurilish ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ayni damda “Toshkent – Samarqand", "Toshkent – Qarshi” va "Toshkent - Buxoro" yo‘nalishlarida Ispaniyaning to‘rtta Talgo rusumli tezurar poyezdlari xizmat ko‘rsatmoqda.

Yangiliklar lentasi
0