Putin Berlinda Angela Merkel bilan uchrashdi

© Sputnik / Sergey GuneyevPrezident RF V. Putin vstretilsya s kanslerom FRG A. Merkel
Prezident RF V. Putin vstretilsya s kanslerom FRG A. Merkel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Putin va Merkel Suriya va Ukraina, AQSh sanksiyalari hamda yirik xalqaro tijoriy loyihalar, shu jumladan, "Shimoliy oqim-2" loyihasini muhokama qiladilar.

TOShKENT, 18 avg - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin GFR kansleri Angela Merkel bilan uchrashish uchun Berlinga yetib keldi. Siyosatchilar Suriya va Ukrainadagi holatni barqarorlashtirish, AQSh sanksiyalari hamda yirik xalqaro tijoriy loyihalar, shu jumladan, "Shimoliy oqim-2" loyihasini muhokama qiladilar.

Rossiya yetakchisi Berlinga Avstriyadan keldi. U yerda Putin Avstriya TIV rahbari Karin Knaysl to‘yi marosimida mehmon bo‘ldi. 

Flagi Rossii i SShA v aeroportu Vnukovo-2 - Sputnik O‘zbekiston
Putin AQShning yangi sanksiyalarini muhokama qilish uchun XQ majlisini chaqirdi

Putin va Merkel bundan uch oy oldin 18-may kuni Sochida uchrashishgan edi.

Muzokaralar oldidan ikki siyosatchi matbuot oldida chiqish qilishadi. Peskov ushbu noodatiy shakldagi uchrashuvga izoh berar ekan, "bugun shanba, axborot nuqtayi nazaridan kechasi bayonot qilish unchalik qulay emas", deb ta’kidladi.

Germaniya kansleri Angela Merkel uchrashuv oldidan bergan intervyusida mavjud umumiy muammolar soni: ya’ni Ukraina, Suriyadan tortib iqtisodiy hamkorlikkacha bo‘lgan masalalar Rossiya bilan bo‘layotgan muloqotlarni oqlashini aytib o‘tgan.

Merkel Berlinda Moskva bilan yaxshi munosabatlarni istashlarini, ushbu uchrashuv ishchi xarakterga ega bo‘lishini va undan "allaqanday muhim natijalarni kutish kerakmasligini" ta’kidlagan.

Putinning Germaniyaga safari e’lon qilingach, nemis biznesi mavjud muammolar barham topishi va yangi loyihalarning hayotga tatbiq etilishiga umid bildirgan holda Rossiya va Germaniya yetakchilari uchrashuvini olqishlagan.

Yangiliklar lentasi
0