O‘zbekiston oltin – valyuta zahiralari 347 million dollarga kamaydi

© Sputnik / Pavel LisisinZolotie slitki
Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston oltin – valyuta zahiralari 347 million dollarga kamaydi – Markaziy bank

TOShKENT, 17 avg – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining yalpi oltin – valyuta zahiralari 2018-yilning 347 million dollarga kamaydi (1 avgust holatida), deb xabar qildi Markaziy bank matbuot xizmati. 

“Joriy yilning iyul oyida yalpi oltin-valyuta zaxiralarining 270,6 mln. AQSh dollariga pasayishi kuzatildi. Mazkur holat hisobot davrida asosan oltin narxining 1250,55 dan 1219,20 doll./tr.unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi”, - deyilgan rasmiy xabarda.  

Shuningdek, Markaziy bank O‘zbekiston yalpi oltin-valyuta zaxiralarining oxirgi ikki yil davomida o‘zgarishi haqida quyidagi statistik ma’lumotlarni ham e’lon qilgan:

Sana  01.01.2017 01.01.2018 01.04.2018 01.07.2018 01.08.2018
Mln. $ 26 428,8 28 076,9 28 494,0 27 660,5 27 389,9

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, Markaziy bankning asosiy vazifalaridan biri sifatida respublika oltin-valyuta zaxiralarini saqlash va boshqarish belgilangan.

Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.

Yangiliklar lentasi
0