Rossiya aloqa operatorlari shifrlangan sim-kartalarga o‘tishi mumkin

© Sputnik / Aleksandr GalperinVirtualniy operator sotovoy svazi "Pogovorim" ot Sberbanka
Virtualniy operator sotovoy svazi Pogovorim ot Sberbanka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Aloqa vazirligi uyali operatorlariga yangi, kriptografik shifr bilan himoyalangan sim-kartalarga o‘tishni taklif qildi.

TOShKENT, 17 avg – Sputnik. Rossiya Aloqa va kommunikatsiyalar vazirligi uyali aloqa operatorlariga yangi, kriptografik shifr bilan himoyalangan sim-kartalarga o‘tishni taklif qildi.

Yangi taklif qilinayotgan qonun loyihasiga ko‘ra, aloqa operatorlari abonentlarning shaxsini aniqlash va sim-kartalardagi ma’lumotlarni himoya qilish uchun maxsus  kriptografik himoya vositalaridan foydalanishlari kerak bo‘ladi. Bunda qo‘llanilgan kriptografik shifrlash darajasi Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati (FSB) talablariga javob berishi kerak bo‘ladi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, ushbu choralardan kutilayotgan maqsad – uyali aloqa tarmoqlari orqali uzatilayotgan ma’lumotlarni himoya qilish va ularni uchinchi shaxslar qo‘liga tushib qolishini oldini olishdir.

Uyali aloqa operatorlari ushbu ma’lumotni turlicha qabul qilishdi.

Xususan, MTS - Biz  abonentlar xavfsizligini oshirishga qaratilgan har qanday choralarni qo‘llab-quvvatlaymiz, lekin yangi talab texnik jihatdan juda puxta o‘rganib chiqilishi kerak. Biz ushbu jarayonni amalga oshirishda hamkorlik qilishga tayyormiz, deyishdi MTSda.

Sim-karta s logotipom operatora sotovoy svazi MTS - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada sim-karta pasport o‘rnini bosishi mumkin

Bilayn fikriga ko‘ra, ushbu jarayon chuqur texnik tayyorgarlik va katta miqdorda moliyaviy xarajatlar talab qiladi. Yangi talablar soha vakillari tomonidan jiddiy muhokama qilinishi kerak.

Megafon, o‘z navbatida, - Rossiya kriptografik algoritmlaridan foydalanish, maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin, lekin bu masalani yanada chuquroroq o‘rganib chiqish kerak. Uning mavjud tarmoqlar va simkartalar bilan muvofiq ishlashini sinchiklab tekshirish kerak.Shuning  uchun yangi qonunni joriy etish bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak, - dedi.

Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi fikriga ko‘ra, bugungi kunda Rossiyada uyali aloqa operatorlari soni 260 million kishini tashkil qiladi. Tarmoqni yangi qonun talablariga mos qilish uchun o‘rtacha 83,2 milliard rubl xarajat kerak bo‘lishi mumkin. Kripto himoyaning o‘ziga – 700 mln rubl.

Yangiliklar lentasi
0