TOShKENT, 17 avg - Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Toshkentga yetib keldi. Shavkat Mirziyoyev oliy mehmonni Toshkent aeroportida kutib oldi. Bu Tojikiston rahbarining so‘nggi 17-yil davomida O‘zbekistonga birinchi davlat tashrifi.
Tojikiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik va ezgulik monumentiga gul qo‘yishdi.
Tojikiston rahbarining davlat tashrifi davomida tor va keng doiradagi uchrashuvlar, O‘zekspomarkazda Tojikiston sanoat ko‘rgazmasiga tashrif buyurish, O‘zbekiston Oliy Majlisi vakillaribilan uchrashuv va boshqa tadbirlar rejalashtirilgan.
Prezident matbuot xizmati xabariga asosan.
© Press-slujba PrezidentaEmomali Raxmon pribil v Tashkent
Emomali Raxmon pribil v Tashkent