O‘zbekistonda dehqon bozorlari xususiy boshqaruvga o‘tishi mumkin

© Ministerstvo yustitsiiDexkanskiy rinok v Tashkente
Dexkanskiy rinok v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
TTZ massividagi “Navro‘z” dexqon bozori O‘zbekistonda ilk marotaba tadbirkorlik subyektiga ishonchli boshqaruvga berildi.

TOShKENT, 16 avg – Sputnik. O‘zbekistonda ilk marotaba bozor tadbirkorlik subyektiga ishonchli boshqaruvga berildi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Mnogoyarusnaya parkovka - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda parkovkalar yuridik shaxslarga ijaraga beriladi

O‘zbekiston prezidentining topshirig‘iga asosan, Toshkent shahrida mahalliy boshqaruvning alohida tartibini joriy etish tajriba sifatida sinovdan o‘tkazilmoqda.

Ushbu tajriba doirasida Prezident devoni boshchiligida hamda Adliya vazirligi xodimlarining huquqiy yordamida M.Ulug‘bek tumani TTZ massividagi “Navro‘z” dexqon bozori ilk marotaba tadbirkorlik subyektiga Ishonchli boshqaruvga berildi.

Ishonchli boshqaruv o‘zi nima?

Bu – davlat mulki bo‘lgan bozor tadbirkor tomonidan, mustaqil ravishda, erkin iqtisodiy qonunilar asosida hamda davlat organlarining ta’siridan holi ravishda boshqarishdir.

Samolyot An-2 na aerodrome Sergeli - Sputnik O‘zbekiston
Sergeli aerodromi hududi Toshkent shahar hokimligiga berildi

O‘zbekiston dehqon bozorlarida  olib borilgan chuqur o‘rganishlar, taqqoslash hamda taxlillar natijasida respublikadigi aksariyat bozorlari iqtisodiy ayanchli ahvolda ekanligi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonda Davlat ulushi bo‘lgan jami 491 ta bozor va savdo komplekslari mavjud. Joriy yil birinchi yarim yillik yakuniga ko‘ra ularning budjet, jismoniy va yuridik shaxslar oldidagi qarzdorligi 80 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etadi.

Birgina Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Navro‘z dexqon bozori”ning budjet va boshqa to‘lovlar      oldidagi qarzdorligi 1,860 mlrd so‘mni tashkil etmoqda. Ushbu qarzdorlik natijasida bozorning hisob raqamiga band solinganligi sababli, bozor bir necha yillar davomida rivojlanmay kelmoqda.

Bundan tashqari, kundalik yig‘im badali, xalq tili bilan aytganda “Patta” puli tartibsiz va tizimsiz ravishda undirilishi oqibatida, maxalliy budjetga kelib tushishi belgilangan mablag‘ qiymati keskin pasayib ketgan.

Shuningdek, bozorda savdo olib borish qoidalarining doimiy ravishda buzilishi  sanitar holatga ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Prilavok s masom - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyati hokimi go‘sht bozorlarini tartibga solishga kirishdi

Ushbu kamchiliklar aniqlanganidan so‘ng, ushbu bozorni ishonchli boshqaruvga topshirish haqida Toshkent shahar hokimligi rasmiy veb-sahifasida e’lon joylashtirildi.

E’lon asosida kelgan bir qancha tadbirkorlar bilan o‘zaro muzokaralar olib borilib, ushbu bozorni rivojlanishiga oid qo‘yilgan shartlarga rozi bo‘lgan tadbirkor bilan tegishli shartnoma imzolandi.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, ushbu tajriba ilk marotaba amalga oshirilayotganligi sababli, imzolangan shartnoma adliya vazirligning ma’ul xodimlari tomonidan ishlab chiqilib, unda Ishonchli boshqaruvchiga bir nechta asosiy talablar qo‘yildi.

Ushbu talablar quyidagicha:

  • Qisqa muddatda mavjud 1, 860 milliard so‘m qarzdorlikni bartaraf etish;
  • Bozorda innovatsion va texnologik jihatdan mutlaqo yangi uskunalarni qo‘llash;
  • Boshqaruv tizimini bozor prinsiplariga mos holda tubdan o‘zgartirish;
  • Oziq-ovqat mahsulotlarining narxini sun’iy ravishda oshib ketmasligini ta’minlash maqsadida, maxsulot yetishtiruvchi fermer, dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zi savdo qilishi uchun sharoit yaratishdir.

Mazkur tajribamiz ijobiy yakunlangan hamda ushbu ko‘zlagan maqsad va pirovard natijalarga erishilgan taqdirda, Adliya vazirligi bozorlarni rivojlantirish bo‘yicha tegishli qaror loyihasini tayyorlaydi va Hukumat muhokamasiga kiritilishini ta’minlaydi.

Yangiliklar lentasi
0