TOShKENT, 16 avg - Sputnik. Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Farmonga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 21-avgust seshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2018-yil 21-23 avgust kunlari O‘zbekistonda bayram sifatida keng nishonlanishi belgilandi.
Farmonda 2017-yil 28-dekabrdagi Farmonida nazarda tutilgan 2018-yil 24-avgust kundagi dam olish kuni 22-avgust chorshanba kuniga ko‘chirilishi belgilangan.
Qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirishga oid mazkur Farmonda shuningdek 25-avgust shanbadagi dam olish kunini 23-avgust payshanba kuniga ko‘chirilishi belgilangan edi.
Shunga ko‘ra, 2018-yil 21–23 avgust kunlari 5 kun ishlaydiganlar uchun, 21-22 avgust kunlari 6 kun ishlaydiganlar uchun dam olish kuni hisoblanadi.