O‘zbekiston MDH bilan birgalikda havo mudofaa tizimini rivojlantiradi

© Sputnik / Mixail Mokrushin / Mediabankka o‘tishZenitnie raketnie sistemi S-400 "Triumf"
Zenitnie raketnie sistemi S-400 Triumf - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan birgalikda MDH havo mudofaa tizimini takomillashtiradi.

TAShKENT, 14 avg - Sputnik. Bugun Minskda O‘zbekiston va MDHning olti mamlakati hamda KXShT vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda MDH mamlakatlari havo-himoyasi tizimini rivojlantirish masalasi ko‘rib chiqiladi, deb habar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.

“14 avgust kuni Minskda bo‘lib o‘tadigan MDH Havo himoyasi masalalari bo‘yicha koordinatsiya kengashining 49-majlisida MDH havo-himoyasi tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari masalasi ko‘rib chiqiladi”, - deyilgan xabarda.

Qo‘mita majlisida Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston harbiylari, KXShT vakillari,  Rossiya harbiy sanoati vakillari, MDH rahbariyati uchrashib harbiy havo mudofaasi sohasidagi muammolarni muhokama qilishadi.

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishHavo mudofaa tizimi
O‘zbekiston MDH bilan birgalikda havo mudofaa tizimini rivojlantiradi - Sputnik O‘zbekiston
Havo mudofaa tizimi

Shuningdek, majlisda 2019-yilda MDH havo mudofaa kuchlarining tezkorligi va jangovar tayyorgarligini oshirishga qaratilgan, birgalikda o‘tkazish rejalashtirilayotgan tadbirlarning tashkiliy masalalari, havo himoyasini rivojlantirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0