TOShKENT, 14 avg – Sputnik. Ayni damda AQShda qamoq jazosini o‘tayotgan Fazliddin Qurbonovga sud qo‘shimcha 20-yil jazo belgiladi.
Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Fazliddin Qurbonov 2012-2013 yillarda “O‘zbekiston islomiy harakati” terrorchi tashkiloti a’zosi bo‘lgan. U AQShga qochqin sifatida kirib kelgan va 2013 yil AQSh Mustaqillik kuni 4-iyulda terakt uyushtirishni rejalashtirayotganda hibsga olingan. FBR uning turar joyida portlovchi moslama uchun kerakli qismlarni topgan. O‘shanda Qurbonovga sud 25-yil qamoq jazosi bergan edi.
2016 yilda, qamoqxonada bo‘la turib, Qurbonov qo‘riqchiga pichoq bilan hamla qiladi. Shifokorlar qo‘riqchining hayotini zo‘rg‘a saqlab qolishadi. Ushbu qilmishi uchun sud Qurbonovga qo‘shimcha 20-yil qamoq jazosi belgiladi.