TOShKENT, 13 avg - Sputnik. 2018 yilning 7 oyida O‘zbekiston importi hajmi eksportdan 25 %ga oshdi, deb xabar qilmoqda Davlat Statistika qo‘mitasi.
Respublikaning umumiy tashqi oboroti hajmi 17,8 milliardni tashkil qilib o‘tgan yilga nisbatan 24,2 %ga oshdi. Shundan eksport hajmi 7,6 milliard va import hajmi 10,2 milliardni tashkil qildi.
“MDH mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlanishga qaratilgan choralar natijasida, 2018-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston tashqi savdosida MDH mamlakatlari ulushi 38,5%ni tashkil qildi", - deyilgan xabarda.
O‘zbekistonning eng yirik xorijiy hamkorlari Xitoy va Rossiyaligicha qolmoqda. Oxirgi yil davomida ayniqsa Rossiya bilan hamkorlik miqdori oshgani yaqqol kuzatilmoqda.