Inha universitetiga 32 yoshli rektor tayinlandi

Obuna bo‘lish
32 yoshli Muzaffar Jalolov Inha universitetiga rektor etib tayinlandi.

TOShKENT, 13 avg – Sputnik. Toshkentdagi Inha universitetiga 32 yoshli Muzaffar Jalolov rektor etib tayinlandi, deb xabar bermoqda Nuz.uz.

Jalolov Muzaffar Muxitdinovich Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlab, Koreyaning Yongnam universitetida magistraturada tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini UNICON.UZ davlat unitar korxonasida boshlagan. Turli yillarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida hamda Geodeziya va xaritashunoslik milliy markazida ishlagan. Joriy tayinlovgacha UNICON.UZ fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat uniter korxonasi direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Esaltib o‘tamiz, bir necha kun oldin OTMning avvalgi rektori Sarvar Boboxo‘jayev Xalq ta’limi vaziri (Inhaning birinchi rektori) Sherzod Shermatovning o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0