TOShKENT, 13 avg – Sputnik. O‘zbekistonda bir haftda ichida 180ta YTH sodir bo‘ldi, ularda 27 kishi halok bo‘ldi 177 kishi jarohatlandi, deb xabar qilmoqda O‘zA YHXBB matbuot xizmatiga asosan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida YPX inspektorlari tomonidan jami 84 977 ta qoidabuzarlik aniqlangan.
Ulardan 40 701tasi – qo‘pol qoidabuzarlik toifasiga kiradi. Xususan, 1 568 tasi – transport vostasini mast holatda boshqarish, 11 944 tasi - tezlikni oshirish, 1161 tasi – svetofordan o‘tish qoidalarini buzish va 12402tasi – odam tashish qoidasini buish.
Undan tashqari transport vositasining oynalarini meyoridan ortiqcha qoraytirgan 668 nafar, harakat vaqtida telefondan foydalangan 870 nafar va xavfsizlik kamarlarini taqmasdan harakatlangan 14 946 nafar haydovchiga nisbatan ham tegishli choralar ko‘rilgan.