TOShKENT, 12 avg – Sputnik. ArMI-2018 xalqaro harbiy o‘yinlarining so‘nggi kunida Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, musobaqa doirasida tashkil qilingan “Do‘stlar uyi”ga tashrif buyurib u yerda uyushtirilgan milliy ko‘rgazmalar bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Rossiya mudofaa vazirini, ayniqsa, O‘zbekistonda yasalgan yog‘och yig‘ma lavh qiziqtirib qoldi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, Shoygu Myanma, Uganda va Iordaniyadan olib kelinga musiqa aspoblari va bezakli idishlar bilan tanishib chiqdi va Xitoy ko‘k choyi hamda Qirg‘iziston mineral suvini tatib ko‘rdi.
ArMI-2018 xalqaro harbiy o‘yinlari doirasida tashkil qilingan “Do‘stla uyi”da, musobaqa ishtirokchilari bo‘lgan 18 mamlakatdan olib kelingan amaliy san’at namunalari, milliy noz-ne’matlar namoyish etildi, milliy musiqa va qo‘shiqlar ijro etildi.