Lola Astanova – toshkentlik jozibador pianinochi

Obuna bo‘lish
Toshkentlik pianinochi Lola Astanova amerikada muxlislarni ham musiqa ham tashqi ko‘rinishi bilan hayratda qoldirmoqda.  

Lola Astanova Toshkentdagi Uspenskiy nomli musiqa maktabini tamomlagan. U 6 yoshidan boshlab mashhur pedagog Tamara Popovich qo‘l ostida pianino chalishni o‘rgangan.

Ayni damda Lola amerikada yashaydi. Pianinochi qizning musiqa chalish uslubi va sahnadagi ehtirosli hatti-harakati ko‘plab muxlislarni o‘ziga jalb qilmoqda. Lekin shu bilan birga, mumtoz musiqaga bunaqa ijro uslubi mos emas - degan fikrlar ham bildirilmoqda. 

“Klassik musiqa faqat g‘amgin, cheklangan yoki naftalin (qarilik) hidi kelib turadigan bir narsa bo‘lishi kerak emas”, - deb javob bergan edi Lola o‘zining chiqishlariga nisbatan aytilayotgan tanqidlarga.

RIA Qrim xabariga asosan. 

Yangiliklar lentasi
0