Superliganing olti klubiga qarzdorlik masalasi qimmatga tushishi mumkin

© Ofitsialniy sayt FK "Lokomotiv" (Tashkent)Match chempionata Uzbekistana "Paxtakor" — "Lokomotiv"
Match chempionata Uzbekistana Paxtakor — Lokomotiv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda “So‘g‘diyona”, “Qo‘qon-1912”, “Bunyodkor”, “Navbahor”, “Paxtakor” va “Buxoro” kabi klublarda qarzdorlik mavjud.

TOShKENT, 11 avg – Sputnik. Professional futbol ligasi zimmasidagi qarzdorlik masalasidan vaqtida qutula olmayotgan Superliga klublarini ogohlantirdi.

PFL saytida xabar qilinishicha, ayni vaqtda “So‘g‘diyona”, “Qo‘qon-1912”, “Bunyodkor”, “Navbahor”, “Paxtakor” va “Buxoro” kabi klublarda qarzdorlik mavjud.

“Mazkur holat 14-avgust — seshanba kuni soat 15:00ga qadar bartaraf etilmasa, jamoalardan 3 ochko olib tashlanadi. 22-turdan keyin esa ularni Superliga o‘yinlaridan olish yoki 6 ochkodan mosuvo qilish masalasi ko‘rib chiqilishi mumkin”, - deyiladi xabarda.

Bungacha PFL Pro-Liganing ikki klubi — “Yozyovon” hamda “Norin” jamoalariga qarzdorlikni bartaraf etmagani uchun texnik mag‘lubiyat yozgan edi.  

Yangiliklar lentasi
0