TOShKENT, 11 avg – Sputnik. Aviakompaniya xodimi Sietldagi Takoma xalqaro aeroportidagi samolyotda ruxsatsiz parvozni amalga oshirdi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Samolyot bortida yo‘lovchilar bo‘lmagan. Politsiyaning xabariga ko‘ra, samolyotni tutish uchun ikkita F-15 qiruvchi samolyoti yo‘naltirilgan.
Harbiy uchuvchilar samolyotni aholi yashamaydigan hududga olib borishga urinishgan. Oxir-oqibat samolyot yerga qulagan.
Politsiya ushbu holat terrorizm bilan bog‘liq emasligini qayd etmoqda.