TOShKENT, 10 avg – Sputnik. Elbek Shukurov Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Elbek Shukurov 1988-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2009-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
2013-2015 yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining a’zosi, 2017-yildan buyon O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi raisi vazifasida ishlagan.
Elbek Shukurov 2017-yilda “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.