Mirziyoyev: Toshkent shahri mahalliy budjetida bu yil 1,5 trillion so‘m mablag‘ qoldiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel soveshanie po chistote territoriy i zdorovyu naseleniya
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po chistote territoriy i zdorovyu naseleniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yilda Toshkent shahrida prognozga nisbatan 2 trillion so‘mga ko‘p soliq tushib, mahalliy budjetda 1,5 trillion so‘mi qolishi kutilmoqda. Bu 2017-yilga nisbatan 10 barobar ko‘pdir

TOShKENT, 10 avg - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev to‘planib qolgan muammolarni hal qilish va odamlarning maishiy sharoitlarini yaxshilash uchun Toshkent shahri mahalliy budjetida 2018-yilda 1,5 trillion so‘m mablag‘ qoldirilishini ma’lum qildi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.

U bu haqda 10-avgust kuni Shayxontohur tumani iqtisodiyotini rivojlantirish, uy-joy-kommunal sohadagi muammolarni hal qilish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda aytib o‘tdi.

“Toshkentga hech qachon buncha pul berilmagan. Biz nega 1,5 trillion so‘mni shaharning o‘zida qoldirapmiz? To‘planib qolgan muammolarni hal qilish uchun, odamlarning maishiy sharoitlarini yaxshilash, uy-joylar, bog‘chalar qurish, ish o‘rinlari yaratish uchun. Endi joylardagi rahbarlar ham o‘zini qiynashi, sadoqat bilan ishlashi kerak. Chetdan kelib hech kim hech qachon qilib bermaydi”, -  dedi prezident.

2018 yilda Toshkent shahrida prognozga nisbatan 2 trillion so‘mga ko‘p soliq tushib, mahalliy budjetda 1,5 trillion so‘mi qolishi kutilmoqda. Bu 2017-yilga nisbatan 10 barobar ko‘pdir.

Yangiliklar lentasi
0