TOShKENT, 9 avg - Sputnik. Abdusalom Xatamov O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsuli etib tayinlandi. Bu haqda UzNews.uz xabar bermoqda.
U ilgari O‘zbekiston TIV Konsullik-huquqiy departamentida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan. Xatamov 9-avgust kuni Toshkentdan jo‘nab ketdi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida Sankt-Peterburgda O‘zbekiston bosh konsulxonasi ochilgandi. Bunga qadar Moskva va Novosibirskda respublika bosh konsulxonalari faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
2018 yil oxiriga qadar Qozon, Vladivostok, Rostov-Don shaharlarida konsullik muassasalari ochish rejalashtirilgan.