O‘zbekistonga xorij avtomobillarini import qilish masalasida aniq javob berildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovInyaminov Axtamxon - nachalnik glavnogo tarifnogo upravleniya GTK
Inyaminov Axtamxon - nachalnik glavnogo tarifnogo upravleniya GTK - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
XPK sessiyasida O‘zbekistonga xorijiy avtomobillarni import qilish masalasi bo‘yicha bojxona qo‘mitasi bosh boshqarma boshlig‘i javob berdi.

TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Kuni kecha Xalqaro press klubning navbatdagi "Bojxona: islohotlarning yangi davrdagi muhim vazifalari" mavzusida sessiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Muratjon Azimov - Predsedatel GTK - Sputnik O‘zbekiston
Tadbirkorlarga qanday qulayliklar joriy etildi – bojxona qo‘mitasi raisi javobi

Sessiyada Davlat bojxona qo‘mitasining mutasaddi rahbarlari, tadbirkorlar hamda jurnalistlar qatnashdi.  

Yig‘ilish davomida O‘zbekistonga xorij avtomobillarini import qilish masalasi bo‘yicha bojxona qo‘mitasinig mutasaddi rahbarlaridan biriga savol berildi.

“Haqiqatdan ham prezidentimizning qarorida 2019-yil 1-yanvardan boshlab 40 ming AQSh dollaridan yuqori qiymatidagi avtotransport vositalar O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan bo‘lsa 20 foiz qo‘shilgan qiymat solig‘i, 20 foiz aksiz solig‘i, import bojxona boji 0 darajaga keltirildi. Qolgan holatlarda qarorda belgilangan tartibda, 40 ming dollardan past qiymatdagi avtotransportlar belgilangan stavkalar asosida to‘lanib, rasmiylashtiriladi. Avvalgidan farqi shundaki, 40 ming dollardan ortiq avtotransport normada nazarda tutilmagan va aksiz solig‘i baland edi. Shuningdek, import bojxona boji belgilangan stavkalarda bo‘lgan. Hozirda import bojxona boji 0 darajada bo‘ldi va aksiz solig‘i 20 foizga tushirildi”, - deb javob berdi DBQning bosh boshqarma boshlig‘i Ahtamxon Inyaminov.               

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq ushbu tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan tadbirkorlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida xabar bergandik.

Yangiliklar lentasi
0