TOShKENT, 8 avg - Sputnik. "O‘zbektelekom" AJ rahbariyatida lavozimiy tayinlanishlar amalga oshirildi. Kompaniya rahbari etib Shuhrat Qodirov tayinlandi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berilmoqda.
Qodirov 2016-2018 yillarda “O‘zbektelekom” bosh direktori lavozimida ishlagan. 2018-yilning fevral oyidan avgustigacha bosh direktor lavozimini egallagan Farhod Roziyev kompaniyaning tijorat direktori lavozimiga o‘tkazildi.
Jamol Maqsudov Yevgeniy Marking o‘rniga istiqbolli rivojlantirish va innovatsiyalar bo‘yicha direktor lavozimiga tayinlandi.