TOShKENT, 8 avg - Sputnik. 9-avgust kuni Toshkent shahriga Avstriyaning Raiffeisen Bank Group banki delegatsiyasi kelmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Delegatsiyaga bank boshqaruvi a’zosi Lukash Yanushevskiy rahbarlik qiladi.
"Delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi dasturiga ko‘ra hukumat, Markaziy bank, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, qator moliyaviy tuzilmalarda uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi", - deyiladi xabarda.
Jahonning eng yirik bank guruhlaridan birining vakillari o‘zbekistonlik sheriklari bilan hamkorlikning istiqbolli loyihalarini muhokama qilishi rejalashtirilgan.
Raiffeisen Bank Group – Avstriya korporatsiyasi bo‘lib, shtab-kvartirasi Vena shahrida joylashgan. Bank guruhi 1927-yilda tashkil etilgan. The Banker jurnali bankni dunyoning eng yirik banklari ikki yuztaligiga kiritgan.