Sergelidagi “Erkin market” yonib ketdi

© GUVD g. TashkentPojar v Sergeliyskom rayone Tashkenta
Pojar v Sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuv falokatga sabab bo‘lgan.

TOShKENT, 8 avg — Sputnik. 7-avgust kunidan 8-avgust kuniga o‘tar kechasi soat 3:30da Toshkent shahar IIBB YoXB kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish boshqarmasi markaziga “Erkin market” oziq-ovqat magazinida yong‘in kelib chiqqani haqida xabar kelib tushdi, deb xabar qildi Toshkent IIBB axborot xizmati.

GUVD vvodit novie meri bezopasnosti posle pojara - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi savdo majmualarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari kuchaytirilmoqda

Sergeli tumanining Choshtepa ko‘chasida joylashgan ushbu do‘konga o‘t o‘chirish guruhi qisqa vaqtda yetib bordi va yong‘inni o‘chirish choralari ko‘rildi.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida soat 4:39da yong‘in to‘liq bartaraf etildi.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuv falokatga sabab bo‘lgan. Jarohatlanganlar va qurbonlar yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0