O‘zbekiston aeroportlarida bojxonachilar pogonsiz forma kiyishadi

© NUZ.UZNovaya forma tamojni
Novaya forma tamojni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Toshkent-aero” IBK boshlig‘i Ravshan Tojiyev so‘zlariga ko‘ra, pogonli jiddiy kiyim bosh yo‘lovchilarga ruhiy jihatdan salbiy ta’sir ko‘rsatib, ular bilan samimiy muloqot qilishga to‘sqinlik qiladi.

TOShKENT, 8 avg — Sputnik. “Toshkent-aero” IBK boshlig‘i Ravshan Tojiyev aeroportlarda xizmat qilayotgan xodimlar uchun mo‘ljallangan yangi kiyim boshni namoyish qildi, deb xabar qildi NUZ.UZ nashri.

Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura soliq va bojxona organlari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytiradi

Yangi forma rangi, dizayni va pogon yo‘qligi bilan farq qiladi. Harbiy unvonlar metall plastinalarga muhrlanadi va ko‘krakka taqiladi.

Formani almashtirish sababi – pogonli jiddiy kiyim bosh yo‘lovchilarga ruhiy jihatdan salbiy ta’sir ko‘rsatib, ular bilan samimiy muloqot qilishga to‘sqinlik qiladi.  

Tojiyevning fikriga ko‘ra, yangi forma xodimlarga yo‘lovchilar va poytaxt mehmonlarini yanada do‘stona kutib olib va jo‘natishga yordam beradi.

Yangiliklar lentasi
0