TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deb xabar qildi Adliya vazirligi “Huquqiy axborot” kanali.
O‘zgartirish bilan tarbiyalanuvchini bog‘chaga olib kelishi va olib ketishi lozim bo‘lgan shaxslar toifasi kengaytirildi.
Ilgarigi tartibga ko‘ra tarbiyalanuvchining ota-onasi va uning o‘rnini bosuvchi shaxslargina bolani bog‘chaga olib kelib, undan olib ketish huquqiga ega edi.
Ushbu toifaga endilikda ular bilan bir qatorda ota-onaning voyaga yetgan farzandlari, bolaning bobosi, buvisi yoki ota-ona tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan vakil ham kiritildi.