O‘zbekiston MDHda xizmatlar bo‘yicha erkin savdo bitimini ishlab chiqishda qatnashadi

© Press-slujba Minvneshtorga Respubliki UzbekistanMinistr vneshney torgovli Uzbekistan Jamshid Xodjayev
Ministr vneshney torgovli Uzbekistan Jamshid Xodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bitim loyihasiga ko‘ra MDH ishtirokchi-davlatlarining tashkilotlari, kompaniyalari va idoralari uchun bitimda qayd etilgan shartlarga asoslangan holda o‘zaro xizmatlar bozoriga erkin kirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

TOShKENT, 6 avg – Sputnik. O‘zbekiston Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari o‘rtasida xizmatlar bo‘yicha erkin savdo hududi bitimi loyihasini yaratish bo‘yicha ishchi guruhi faoliyatida qatnashadi. Bu haqda respublika tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligida idoralararo ishchi guruhi tashkil etildi. Ishchi guruhi tarkibi O‘zbekiston Moliya, Iqtisodiyot, Adliya, Tashqi ishlar, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirliklari, Investitsiyalar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi, Markaziy bank, Avtomobil transporti agentligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK tashkilotlaridan iborat.

Prezidenti Uzbekistana i Tadjikistana Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston O‘zbekiston bilan hamkorlikdan katta istiqbollarni ko‘rmoqda

Bitim loyihasiga ko‘ra MDH ishtirokchi-davlatlarining tashkilotlari, kompaniyalari va idoralari uchun bitimda qayd etilgan shartlarga asoslangan holda o‘zaro xizmatlar bozoriga erkin kirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

“MDH mamlakatlari o‘rtasida xizmatlar bo‘yicha erkin savdo hududi bitimi nafaqat mehnat resurslarining erkin almashinuvi, balki bir MDH davlati fuqarolarining hamdo‘stlikning boshqa davlatlariga investitsiya kiritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ushbu investitsiyalarning himoyasini ta’minlab berish uchun zamin yaratadi”, – deb ta’kidladi tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev.

Ishlab chiqilayotgan hujjat MDH ichida ikkita – tovarlar hamda xizmatlar bo‘yicha savdo hududlari tashkil etilishiga xizmat qiladi va bu o‘z o‘rnida hamdo‘stlik ishtirokchilarining erkin savdo qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Bitim loyihasi bo‘yicha 2012-yildan ish boshlangan va 2011-yil 18-oktabrda qabul qilingan Erkin savdo hududi to‘g‘risidagi bitim ishtirokchi-davlatlarining (Rossiya, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston va Armaniston) vakillari tarkibida MDH ijroiya qo‘mitasida ishchi guruh tashkil qilingan.

Yangiliklar lentasi
0