TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Toshkent viloyatida yashovchi Y.Zulfiya ismli shaxs uyini ta’mirlash vaqtida yerto‘ladan topib olgan 1921-yilga oid “Nagan” to‘pponchasini 500 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Ushbu holat bo‘yicha IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston jinoyat kodeksining 248-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov jarayonida 49 yoshli ushbu ayolni jinoyat sodir etishga nima majburlagani, uning sabab va omillariga aniqlik kiritiladi.