O‘zbekiston prokuratura tizimida ikkita yangi rahbar tayinlandi

© Sputnik/Viktor TolochkoPodpisanie dokumentov
Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan prokuratura akademiyasi boshlig‘ining moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha o‘rinbosari va Xalqaro-huquqiy boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi.

TOShKENT, 7 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining 2018-yil 7-avgustdagi buyrug‘iga asosan Uyg‘un Uchqunovich Nig‘madjonov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi boshlig‘ining moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura soliq va bojxona organlari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytiradi

U.Nig‘madjonov 1981-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2004-yilda Yunusobod tuman prokuraturasida boshlab, Toshkent shahar prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2007-yildan Bosh prokuratura bo‘lim prokurori, boshqarma prokurori, katta prokurori, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2012 yildan shu vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Xalqaro-huquqiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining 2018-yil 7-avgustdagi buyrug‘iga asosan Olimjon Burxonovich Nabiyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Xalqaro-huquqiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Bosh prokuraturasida lavozimiy tayinlovlar amalga oshirildi

O.Nabiyev 1987-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2009-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2011-yilda Zangiota tuman prokuraturasida boshlab, Toshkent viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2015-yildan Bosh prokuratura bo‘lim prokurori, boshqarma tergovchisi, katta tergovchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avval O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi katta prokurori lavozimida ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0