Ektor Kuper: bu lavozimga kelishimda bevosita Shavkat Mirziyoyevning ham hissasi bor

Obuna bo‘lish
Bugun, 6-avgust kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan argentinalik mutaxassis Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

“Meni juda ajoyib tarzda kutib olishdi. Bu yerga kelib, terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlay boshlashimga nafaqat federatsiya prezidenti va boshqa rahbarlari, balki bevosita davlat rahbarining ham hissasi bor, deb hisoblayman. Qo‘limizdan kelgan hamma ishni qilamiz. Ko‘zlagan maqsadlarimizning hammasiga birdan erishib bo‘lmaydi. Muvaffaqiyat vaqt talab qiladi. Birinchi navbatda barchamiz bitta g‘oya atrofida birlashgan jamoani shakllantiramiz”, - dedi Ektor Kuper.

Yangiliklar lentasi
0