Toshkentdagi korxonalardan birida gaz ballon portladi - 3 kishi jarohatlandi

© AFP 2023 / PHILIPPE HUGUENPojar
Pojar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Propan gaz balonidan gaz qoldiqlarni bo‘shatish vaqtida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan.

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Kecha, 5-avgust kuni soat 10:10 da Toshkent shahar Sergeli tumanidagi “Trest Bino qurilish” MChJ hududida gaz balloni portladi, deb xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

V Mirabadskom rayone Tashkenta proizoshlo vozgoranie v torgovom sentre - Sputnik O‘zbekiston
Yana bir yong‘in: Toshkentda do‘kon yonib ketdi

Xabarda aytilishicha, propan gaz balonidan gaz qoldiqlarni bo‘shatish vaqtida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Chaqnash oqibatida, yaqin masofada ishlayotgan 3 nafar fuqaro tan jarohati olgan.

Quyidagilar jabrlanganlar: Muminov 1966-yilda tug‘ilgan (80 % termik kuyish), Xakimov 1982-yilda tug‘ilgan (27 %), Anakulov 1989-yilda tug‘ilgan (27 %).

Jabrlanganlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0