Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan haydovchilarga ma’muriy choralar ko‘rildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobili v Tashkente
Avtomobili v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda 15 nafar haydovchiga nisbatan bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Toshkent shahar IIBB YHXB qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan haydovchilarga ma’muriy choralarni ko‘rdi.

Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Tonirovkaga hali ruxsat yo‘q: Toshkent shahar IIBB sabablarini ma’lum qildi

Xabarda aytilishicha, internet tarmog‘ida 15 ta avtomobilning yo‘l harakati qoidasini buzgan holda yo‘lning qarama qarshi tomonidan harakatlangani aks etgan videoregistrator tasviri joylashtirilgan edi. Surishtiruv natijasiga ko‘ra, ushbu holat Toshkentning Baynalmilal ko‘chasida sodir bo‘lgani aniqlandi.

"Ayni vaqtda Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan ushbu videolavhadagi qoidabuzarlarga nisbatan chora ko‘rish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, tasvirdagi avtomobil haydovchilarining shaxsi aniqlanib, ularning manzillariga qoidabuzarlik haqidagi bayonnomalar yuborilmoqda. Hozirda 15 nafar haydovchiga nisbatan bayonnomalar rasmiylashtirilgan", - deyilgan Toshkent IIBB xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, 4 va undan ortiq polosali ikki tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llarda qarama qarshi tomonga o‘tish taqiqlanadi. Ushbu qoidani buzgan shaxslarga nisbatan EKIX 10 baravari miqdorida jarima belgilanadi. Mazkur qoidabuzarlik ma’muriy chora ko‘rilganidan keyin bir yil davomida qayta sodir etilsa, EKIXning 20 baravari miqdorida jarima yoki bir yilgacha transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0