TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 7-avgust kunidan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 8,83 so‘mga kamayib, 7 783,05 so‘m tashkil qildi.
Yevro kursi ham 79,57 so‘mga kamayib, 9 002,65 so‘mni tashkil qildi.
Shuningdek, Rossiya rubli 1,23 so‘mga kamayib, 122,96 so‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.