TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Bugun erta tongda Kuper O‘zbekistonga yetib keldi.
Mutaxassis O‘FA mutasaddilari, OAV vakillari hamda muxlislar tomonidan kutib olindi.
Bugunning o‘zida Kuper Milliy olimpiya qo‘mitasining anjumanlar zalida soat 15:00 da futbol muxlislariga tanishtiriladi va u bilan matbuot anjumani tashkil etiladi. Anjumanda barcha turdagi OAV ishtirok etishi mumkin.
© Federatsiya futbola Uzbekistana / Federatsiya futbola UzbekistanaEktor Kuper pribil v Tashkent
Ektor Kuper pribil v Tashkent
© Federatsiya futbola Uzbekistana / Federatsiya futbola Uzbekistana
Eslatib o‘tamiz, Kuperning so‘nggi jamoasi Misr terma jamoasi edi. Bunga qadar argentinalik murabbiy Argentinaning "Urakan", "Lanus", Ispaniyaning "Malorka", "Valensiya", "Real Betis", "Rasing", Italiyaning "Inter", "Parma", Turkiyaning "O‘rduspor", Gretsiyaning "Aris", BAAning "Al-Vasl" klublarida, Gruziya (2008-2009) terma jamoasida ham faoliyat olib borgan.