TOShKENT, 5 avg – Sputnik. Kecha 4-avgust kuni Toshkentdagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasiga tutash bo‘lgan Bo‘zko‘cha ko‘chasida avtotransport harakati qayta tiklanmoqda. Bu haqida IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
“Bugun, 4-avgust kuni Bo‘zko‘cha ko‘chasining Buyuk ipak yo‘li ko‘chasiga tutashgan qismida transportlar harakatini tiklash ishlari boshlab yuborildi. Ushbu ko‘chaning ochilishi haydovchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratishi shubhasiz”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi bir yarim yil davomida Toshkentda oldin avtomobil harakati to‘xtatib qo‘yilgan bir necha ko‘chalarda avtomobil harakati qayta tiklandi.