Gap kuchda emas – hunarda!

Obuna bo‘lish
Kanadada o‘tkazilgan yo‘l tanlamaslar tomoshasida eng kam ot kuchiga ega bo‘lgan jip - Sherp g‘olib chiqdi.

TOShKENT, 5 avg – Sputnik. Kanadada bo‘libi o‘tgan yo‘ltanlamaslar tomoshasida “Sherp” nomli kichik avtomobil hammani hayratda qoldirdi.

Ostacruiser nomli foydalanuvchi youtubega joylashtirgan videolavha ko‘plab izohlarga sabab bo‘lmoqda.  Videolavhaning 7:43 daqiqasidan sahnaga chiqqan Sherp, nafaqat botqoqni kesib o‘tdi, balki orqaga ham qaytishga va yo‘l yo‘lakay bir tomoshabinni  mindirib olishga muvaffaq bo‘ldi.

Ulkan g‘ildirakli, 1000 va undan ko‘p ot kuchiga ega bo‘lgan “Jip”lar birin ketin ichi loy bilan to‘ldirilgan chuqurdan o‘tishga harakat qilishdi, lekin ular to‘siqning yarmigacha yetib kela oldi xolos.

Aytish joizki, ushbu videolavhada aks etgan jarayon bu hech qanday konkurs yoki poyga emas. Bu shunchaki tomsha uchun tashkil qilingan tadbir.

Eslatib o‘tamiz, Sherp Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ishlab chiqariladi. U quruqlik, suv, qor va muz va botqoqda harakatlanish qobiliyatiga ega. Ushbu avtomobilning o‘lchamlari juda kichik: uzuyenligi 3,4 m, kengligi 2,5 m, og‘irligi – 1300 kg. Sherp 44 ot kuchiga ega bo‘lgan dvigatel bilan jihozlanadi.

Yangiliklar lentasi
0