Iqtisod

Oʻzbekistonda tokzorlar maydoni koʻpaytiriladi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka oʻtishSbor fruktov v Krыmu
Sbor fruktov v Krыmu - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻsimliklar karantini davlat inspektsiyasiga vinochilik rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrganish, sertifikatlangan uzum navlari qalamchalarini olib kelish boʻyicha takliflar tayyorlash topshirildi.

TOSHKENT, 4 avg -Sputnik. Oʻzbekistonda uzumchilikni va uzumni qayta ishlashni keskin rivojlantirish, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangi quvvatlar tashkil etish boʻyicha besh yillik dastur ishlab chiqiladi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Dasturni tayyorlashda vinobop tokzorlar va zamonaviy koʻchatxonalar tashkil etish uchun vinochilik korxonalariga 10 ming emas, 20 ming gektar yer maydoni ajratib berish choralari hisobga olinadi.

Oʻzlashtirilmagan yoki samarali foydalanilmayotgan yer maydonlarini vinobop tokzorlar tashkil etish uchun klaster usulida xususiy mulkdorlarga berish yuzasidan manzilli choralar ishlab chiqiladi.

Xabarda aytilishicha, yangi dasturga tarmoq eksportini keskin oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ham kiritish kerakligi qayd etildi.

Shuningdek, Oʻsimliklar karantini davlat inspektsiyasiga vinochilik rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrganish, sertifikatlangan uzum navlari qalamchalarini olib kelish boʻyicha takliflar tayyorlash topshirildi.

 

Yangiliklar lentasi
0