O‘zbekiston “Yo‘l patruli” tanlovida yetakchilar qatoriga chiqdi

© Sputnik / Grigoriy SisoyevMejdunarodniy etap konkursa "Dorojniy patrul"
Mejdunarodniy etap konkursa Dorojniy patrul - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar joriy yilda jami 27 yo‘nalish bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan "Xalqaro armiya o‘yinlari-2018"ning 13 ta yo‘nalishida mamlakat sha’nini himoya qilishmoqda.

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. O‘zbekiston, Rossiya va Xitoy terma jamoalari “Armi-2018” xalqaro armiya o‘yinlarining “Yo‘l patruli” tanlovida yetakchi bo‘lib olishdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

"Musobaqalar natijalariga ko‘ra, Rossiya jamoasi 1-, XXR jamoasi 2- va O‘zbekiston jamoasi uchinchi o‘rinda bormoqda", - deyiladi xabarda.

Avvalroq ArMI-2018 o‘yinlarida O‘zbekiston jamoasi reaktiv tizimlarni ta’mirlash bo‘yicha tanlovda uchinchi o‘rinni egallagani xabar qilingandi.

O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar joriy yilda jami 27 yo‘nalish bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan "Xalqaro armiya o‘yinlari-2018"ning 13 ta yo‘nalishida mamlakat sha’nini himoya qilishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0