O‘zbekistonlik talabalar ikki karra Xalqaro matematika olimpiadasi sovrindori bo‘lishdi

© Sputnik / Vadim ShekunMatematicheskie formuli
Matematicheskie formuli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyoning 100ga yaqin oliy o‘quv yurtlaridan 351 nafar talaba ishtirok etgan olimpiada 22—28-iyul kunlari Bolgariyaning Blagoyevgrad shahrida bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 3 avg – Sputnik. Talabalar o‘rtasidagi 25-xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik to‘rt nafar  talaba 2 ta oltin va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Dunyoning 100ga yaqin oliy o‘quv yurtlaridan 351 nafar talaba ishtirok etgan olimpiada 22—28-iyul kunlari Bolgariyaning Blagoyevgrad shahrida bo‘lib o‘tdi.

Sdacha YeGE po matematike v Gimnazii nomer 4 v Karachayevske - Sputnik O‘zbekiston
Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMga imtiyozli o‘qishga kirish huquqini qo‘lga kiritadi

O‘zbekiston Milliy Universiteti matematika fakultetining 4-bosqich talabalari Hakimboy Egamberganov va Shohruh Ibragimovlar oltin medallar (1-darajali diplom), Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti mexanik muhandislik fakulteti 3-bosqich talabasi Farrux Muxammadiyev va O‘zbekiston Milliy Universiteti matematika fakultetining 1-bosqich talabasi Tolibjon Ismoilovlar esa bronza medallar (3-darajali diplom) bilan taqdirlandi. Hakimboy Egamberganov va Shohruh Ibragimovlar 2017-yilgi talabalar o‘rtasidagi 24-xalqaro matematika olimpiadasida ham oltin medallarni qo‘lga kiritishgan.

Talabalar o‘rtasidagi eng nufuzli xalqaro matematika olimpiadasi hisoblangan ushbu musobaqa 1994-yildan buyon muntazam o‘tkazilib kelinmoqda. Olimpiadada qatnashchilarga ikki kun davomida Algebra (chiziqli va abstrakt), Analiz (haqiqiy va kompleks), Geometriya va Kombinatorika sohalaridan masalalar beriladi va ulardan yechimlarini ingliz tilida taqdim etishlari talab etiladi. Olimpiadadan so‘ng qatnashchilarning yozma ishlari jamoa rahbari tomonidan himoya qilinadi va ballar to‘planadi.

Yangiliklar lentasi
0