Kirish imtihondagi o‘yinlar: uddaburon abituriyentlar sinovdan chetlashtirildi

© X. Paydoyev / Narodnoe slovoStudenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v "Uzekspotsentre"
Studenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v Uzekspotsentre - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prokuratura xodimlari Yuridik universitetning barcha tekshiruvlaridan soxta pasport bilan o‘tib ketgan soxta abituriyentni qo‘lga olishdi.

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi kirish imtihonlari jarayonida aniqlangan holatlar haqida video lavha tayyorladi.

Messendjer Telegram na ekrane telefona - Sputnik O‘zbekiston
Abituriyentlar imtihon natijalarini Telegram orqali bilishlari mumkin

Test sinovlarning birinchi kunidayoq 179 nafar abituriyent - hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga uringanligi uchun, 76 nafar abituriyent esa imtihon o‘tkaziladigan bino ichida shpargalkadan foydalangani uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.  

Xullas, bir kunda 255 nafar abituriyent o‘zlari qing‘irliklari sabab talaba bo‘lish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

Shuningdek, lavhada Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari Yuridik universitetning barcha tekshiruvlaridan soxta pasport bilan o‘tib ketgan soxta abituriyent qo‘lga olinganligi namoyish qilingan.

Usmonov Ulug‘bek Maxsud o‘g‘li nomiga rasmiylashtirilgan fuqarolik pasportini uddaburonlik bilan "soxtalashtirib" Yuridik universiteti test imtihonlariga kirgan 24 yoshli Jahongirmirzo Fozilov o‘ziga yuklatilgan vazifani tugata olmadi.

Barcha tekshiruvlardan o‘tib, test yakunlanishiga bir soat qolgandagina Departament xodimlari Jahongirmirzoni qo‘lga olishgan.

Avval ham firibgarlik bilan ikki marotaba sudlangan Jahongirmirzo Fozilovga nisbatan 228-moddasi tartibida jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakati boshlab yuborildi.

Yangiliklar lentasi
0