Muhojirlar GM Uzbekistan rahbariga: iltimos, mashina narxini tushiringlar

Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyada mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarning “GM Uzbekistan” rahbariga yo‘llagan videomurojaati tarqaldi.

“Biz Rossiyada ishlab yurgan oddiy xalqmiz. Men zavodingiz mashinasini olaman deb shuncha yil yig‘aman, lekin mashinangiz narxi ko‘tarilib ketadi. O‘tgan yili 25-mayida “Damas” mashina narxi 32 million 850 ming so‘m edi, mana bir yil o‘tdi 55 million so‘mga borapti. Bir yildayam shuncha ko‘tariladimi?”, — degan murojaatchi.

Shundan so‘ng, rolik qahramoni boshqa davlatlarda mashina narxlarini keltiradi.

“Biz 10-yildan beri mashinangizdan olaylik deb, Rossiyada umr o‘tkazib, ishlab yuribmiz. Iltimos, zavod direktori, mashinangiz qimmat. Menga ro‘zg‘orga “Damas” kerak xolos, “Kaptiva”ga o‘xshagan qimmat mashinalar kerak emas. Lekin shungayam pul yig‘ishga ulgurmayapmiz. Mashina narxini tushiringlar. Mana Rossiyada, shartnomangiz bormi bilmiman, bu yerda mashinalaringiz narxi 5 ming dollar, ya’ni 300 ming pulga bitta yangi mashinangizni olyapti. Qozog‘istonda ham yangi mashinani arzon narxda oladi. Nega o‘zimizda uni 10 ming dollarga olamiz? Biz mashinani qaysi pulimizga, qaysi oyligimizga 10 ming dollarga olamiz. Biz Rossiyada mashinangizdan olaylik deb yuribmiz. Bizga ham mashina nasib qilsin”, - deb kuyunib gapiradi murojaatchi.

Hozirda bu videomurojaat internetda muhokama qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0