Rolik muallifi bu holatga ta’rif berib "bu tarvuz yevvoyi ekan" deb aytadi. Odatda pishgan tarvuz yerga tushsa yoriladi. Biroq bu tarvuz esa basketbol to‘piga o‘xshab yerda sakraydi.
Ayrimlar bu videorolikka “o‘zbekcha basketbol” deb ham nom qo‘yishdi.
Avgust oyida ayni tarvuz-qovun pishgan paytda, Rossiyada 2-avgust kuni desantchilarning bayrami nishonlanadi.
Bu bayramda an’analarga ko‘ra, desantchilar tarvuzlarni yorish musobaqalari ham o‘tkaziladi. Bu kabi yorilmaydigan tarvuz harbiylarga tushib qolsa, ularga oson bo‘lmaydi.
Mushtariylar bu videodan hayratda qolib, uning ostida hazilamuz izohlar ham qoldirishmoqda.