Ohangaronda yuz bergan YTHda to‘rt kishi halok bo‘ldi

CC0 / Pixabay / Hans / DTP
DTP - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi yo‘lning o‘rta qismidan ortga qayrilayotgan vaqtida orqasidan harakatlanib kelayotgan “Neksiya” avtomashinasi unga urilishi natijasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

TOShKENT, 2 avg – Sputnik. Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida to‘rt kishi halok bo‘lbi, bir kishi jarohatlandi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, hodisa 31-iyul kuni “Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon-O‘sh” yo‘lining 137-kilometrida yuz bergan.

Jizzax viloyatida yashovchi M.E. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasini haydab ketayotib, yo‘lning o‘rta qismidan ortga qayrilayotgan vaqtida orqasidan harakatlanib kelayotgan I.Yu. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasi unga urilishi natijasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi I.Yu. va uning uch nafar yo‘lovchisi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Yana bir nafar yo‘lovchisi X.R. tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Yangiliklar lentasi
0