O‘zbekiston milliy reyting tizimiga bag‘ishlangan veb-portal ishga tushirildi

Obuna bo‘lish
OTMlar reytingi – bu ma’lum bir bilim sohasidagi eng yaxshi oliy o‘quv yurtlari, ularning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ta’lim berish faoliyatining sifatini baholovchi mezondir

TOShKENT, 1 avg - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi milliy reyting tizimiga bag‘ishlangan reyting.tdi.uz ​ veb-portali ishga tushirildi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Saytda ma’lum qilinishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifalari sifatida uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifatini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va o‘quv jarayoni samaradorligining xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish belgilangan.

Natsionalniy universitet Uzbekistana imeni Mirzo Ulugbeka - Sputnik O‘zbekiston
Ilk bor tuzilgan OTMlar reytingida O‘zbekiston Milliy universiteti birinchi o‘rinda joylashdi

Davlat inspeksiyasi o‘z faoliyatini boshlagan shu qisqa vaqt ichida oliy ta’lim muassasalari faoliyati bevosita joylarga chiqib o‘rganildi, tizimga ta’lim sifatini baholash indikatorlarini joriy qilish bo‘yicha loyiha tayyorlandi, xorijiy milliy va xalqaro reyting agentliklari tajribalari asosida Respublika oliy ta’lim muassasalarining milliy reyting tizimi ishlab chiqildi.

Endilikda oliy ta’lim muassasalarining reyting bo‘yicha to‘plagan ballari, 4 ta yo‘nalish, 59 ta raqamli baholash ko‘rsatkichlaridan iborat 23 ta indikator bo‘yicha to‘liq ma’lumot bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Reytingning maqsadi mamlakat oliy ta’lim tizimida sog‘lom raqobat muhitini paydo qilib, jamiyat uchun xalqaro talablarga moslashuvchan milliy kadrlarni tayyorlashda bosh mezon vazifasini bajarishdir. Amaldagi reyting tizimi oliy ta’lim muassasalarining raqamli ko‘rsatkichlari bo‘yicha miqdoriy ma’lumotlarga asoslangan bo‘lib, reytingda ishtirok etuvchi ta’lim muassasalarining asosiy faoliyatini to‘liq qamrab oladi.

Bundan tashqari, mamlakat ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash sifatining umumiy holati bo‘yicha monitoring olib borish maqsadida uzluksiz ta’limning quyi bo‘g‘inlari (kollej va litseylar, umumta’lim muassasalari hamda maktabgacha ta’lim muassasalari) uchun ham reyting indikatorlari ishlab chiqilgan bo‘lib kelajakda ularning reytingi ham e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0